Sarvar va Komil So’rama qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sarvar va Komil So’rama

Ketaveraman sevgim yo’lidan,
Izlayveraman joy men qalbingdan,
Seni so’rayman, o’zimni izlayman
Men tinmay ko’zingda.
Boraveraman sening ortingdan,
Qanchalar meni sen rad etsang ham.
So’ra jonimni, so’ra borimni, men beray.

Lekin sen
So’rama, seni unutishimni so’rama,
Mening ojiz qalbimni qiynama,
Sensiz yashashga meni undama, urinma.
Izlama,
Mening ketishimchun sabab izlama,
Buni bari bahona!
O’ylama,
Mening ahvolimni sen o’ylama,
So’rama!

Bugun seni yana esga oldim,
Sababi – uchrashuv joyimizdaman.
Bu yerlar hech ham o’zgarmagan,
O’sha-o’sha daraxtlar, o’sha-o’sha soyabonlar,
Faqat sen, sen yo’qsan yonimda.

Aylanaverar tinmay savollar,
Qaylarda qoldi o’sha orzular?
Men ishonmayman, yo’q, men ko’nolmayman
Sensizlik dardiga.

Ko’zlaringda dard, yerga qaraysan,
Xuddi aybingni tan olganday
Mendan ko’zlaringni olib qochasan,
Qarolmaysan, ketishimni so’rayverasan,
So’rayverasan.
Lekin tushunolmaysan, seni qanday tark etay?
Axir seva turib seni, yana qanday unutay,
Unutay, seni men?

So’rama, seni unutishimni so’rama,
Mening ojiz qalbimni qiynama,
Sensiz yashashga meni undama, urinma.
Izlama,
Mening ketishimchun sabab izlama,
Buni bari bahona!
O’ylama,
Mening ahvolimni sen o’ylama,
So’rama!

Sarvar va Komil So’rama qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sarvar va Komil So’rama qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!