Sarvar va Komil Yog’adi yomg’ir qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sarvar va Komil Yog’adi yomg’ir

Mazmunsiz bu kunlar, maqsadsiz orzular,
Yuragimni ezar sendan qolgan dog’lar,
Negadir sen mendan, ojiz bu sevgimdan
Ketgansan sababsiz.

Yog’gan bu yomg’irlar dardlarim yangilar,
Sababi ular tinmay bir seni eslatar,
Sen mendan ketgan kun xayolimda kezar
Eslab yana.

Yog’adi yomg’ir dardlarimni bilgandek,
Yog’adi yomg’ir, sendan ayrilganimga u ham guvohdir,
Balki sen ham hozir meni eslayapsan,
Yig’layapsan.

Yog’ar yomg’ir, go’yo orzularimiz to’kilar birma bir,
Sen ketgan kunda ham esla yog’ardi yomg’ir,
Seni menga, balki meni senga eslatar tinmay yomg’ir,
Yog’ar yomg’ir.

Javobsiz savollar tinmay takrorlanar,
Nega bu sevgimiz sarobga aylanar?
Hatto osmon yig’lar ahvolimga qarab,
Biz nega uchrashdik va ayrildik ne sabab?

Bizlarni shu yomg’ir uchrashtirgandi axir,
Endi uni bizga darddosh qilar taqdir,
Ketma-ket savollar, javobsiz javoblar,
Yuragimni tilkalar yog’gan bu yomg’irlar.

Yog’adi yomg’ir dardlarimni bilgandek,
Yog’adi yomg’ir, sendan ayrilganimga u ham guvohdir,
Balki sen ham hozir meni eslayapsan,
Yig’layapsan.

Yog’ar yomg’ir, go’yo orzularimiz to’kilar birma bir,
Sen ketgan kunda ham esla yog’ardi yomg’ir,
Seni menga, balki meni senga eslatar tinmay yomg’ir,
Yog’ar yomg’ir.

Sarvar va Komil Yog’adi yomg’ir qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sarvar va Komil Yog’adi yomg’ir qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!