Shahnoz Ko’ringin qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shahnoz Ko’ringin

Seni ko’radigan kun kelarmi deb,
Intizor bo’lib kutaman har kuni.
Seni ko’rdim, quvondim, lekin endi
Yana qachon ko’rar ekanman seni.

Ko’zlarim yo’lingda, sen esa menga
Qanchalar azizligingni bilmaysan.
Yagona bu umrimda yagonamsan,
Buni xayolingga ham keltirmaysan.

Ko’ringin, ko’ringin,
Seni ko’rgim kelganda,
Ko’ringin, ko’ringin,
Seni ko’rgim kelganda. (x2)

Taqdirimda bo’lsang, kelasan o’zing,
Kutaman seni nafasim to’xtaguncha.
Yo ushalgan orzuim bo’lasan yo
Bir umr armonim bo’lib qolasan.

Ko’zlarim yo’lingda, sen esa menga
Qanchalar azizligingni bilmaysan.
Yagona bu umrimda yagonamsan,
Buni xayolingga ham keltirmaysan.

Ko’ringin, ko’ringin,
Seni ko’rgim kelganda,
Ko’ringin, ko’ringin,
Seni ko’rgim kelganda. (x2)

Taqdirimda bo’lsang, bo’lmasang ham,
Seni Alloh asrasin.
Seni mendek hech kimning yo’liga
Zor etmasin, asrasin.

Shahnoz Ko’ringin qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shahnoz Ko’ringin qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!