Shahzod guruhi Ishontir qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shahzod guruhi Ishontir

Armonga aylanmay orzularim,
Hijronga belanmay tuyg’ularim,
Sevgidan sovimay qalbim
Meni bu darddan qutqargin.

Achinsang intizor yuragimga,
Achinsang unda bor tilagimga,
Xazonga aylanmay baxtim
Meni bu darddan qutqargin.

Yetar shuncha
Yolg’izlikning tunlarida yana
Bedor yashamoq,
Bir-birimizga yetolmasdan.

Ishontir sen yana meni sevishingga,
Ishontir sen yana qaytib kelishingga,
To so’nggi nafasim berguncha bu dunyo,
Sen meni etma ko’p umidvor.

To’ydim bu ayriliq, alamlardan,
Ozori o’tib, jon-tanimdan ham,
To’ldirib bu yarim bag’rim,
Meni darddan qutqargin.

Eng go’zal navodek kuylarimga,
O’zing sof xavo bo’l yuragimga,
Tugamay mening bor sabrim
Meni bu darddan qutqargin.

Yetar shuncha
Yolg’izlikning tunlarida yana
Bedor yashamoq,
Bir-birimizga yetolmasdan.

Ishontir sen yana meni sevishingga,
Ishontir sen yana qaytib kelishingga,
To so’nggi nafasim berguncha bu dunyo,
Sen meni etma ko’p umidvor. (x2)

Shahzod guruhi Ishontir qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shahzod guruhi Ishontir qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!