Shahzod guruhi Muhabbat qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shahzod guruhi Muhabbat

Balki ohu-zorimdan,
Bu dunyoda borimdan,
Men kutgan bahorimdan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki ko’zim nuridan,
Shu qalbim g’ururidan,
Jismu-jon to’ridan
Yaralganmisan?

Balki yetgan ahdimdan,
Kutilmagan baxtimdan,
Cho’kib ketmas shahdimdan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki dil xushlarimdan
Yo o’ngim, tushlarimdan,
Oqqan ko’z yoshlarimdan
Yaralganmisan?

Ozoringman muhabbat,
Humoringman to abad,
Bedoringman muhabbat,
Muhabbat. (x2)

Balki ko’nglim sirlaridan,
Bulbullarning tillaridan,
Ishq bahorim gullaridan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki hayot yo’llaridan,
Yomg’iru qor, do’llaridan,
Tabiatning qo’llaridan
Yaralganmisan muhabbat?

Ozoringman muhabbat,
Humoringman to abad,
Bedoringman muhabbat,
Muhabbat. (x3)

Shahzod guruhi Muhabbat qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shahzod guruhi Muhabbat qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!