Shahzoda Birinchi sevgi qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shahzoda Birinchi sevgi

[Shahzoda]
Birinchi sevgi, qalbing qiynama,
Bulut, yomg’irlardan keyin
Osmonlar ochilar yengil,
Birinchi sevgi.

[Shahriyor]
Mana kuz keldi birinchi sinf,
Birinchi qator va kitob – alifbe.
Birinchi dars, tanaffusga dam (dam),
Bilim o’qituvchilari birinchi bo’lgan.

Sinf eshigi yengil ochilib,
Farishta ustoz kirib keldi so’rashib.
O’sha zahoti nimadir bo’ldi,
Chunki meni yuragim shoshilib qoldi.

Ana masala ham ikki karra,
Birinchi sinf uchun qiyin masala.
Mana kuz keldi, ikkinchi sinf,
O’qish boshlandi, hayotga taklif.

Meni uztozim – menga ikkinchi ona,
Pushkin, Mendeleevni o’qitgan ular.
Va allomalar Navoiy, Ibn Sino,
Ulug’ O’zbegimni tan olgan dunyo.

[Shahzoda]
Birinchi sevgi, qalbing qiynama,
Bulut, yomg’irlardan keyin
Osmonlar ochilar yengil, (x2)
Birinchi sevgi.

[Shahriyor]
Ketma-ket yil o’z yo’liga,
Zamon o’zgarib, lekin sevgi tinmagan.
6-“a” keyin yetti, sakkiz,
Sinfdosh qizlarni xafa qilib, essiz.

Sochidan tortib, daftarlarga chizib,
Joniga tegib ba’zan hazil qilib.
Bir kuni to’satdan ko’z ochdi tasodif,
Huddi uxlagan edim va birdan uyg’onib.

Yonimda o’qigan va gulday ochilgan
Qizaloqni sevdim o’zimmi yo’qotib.
Mana kuz keldi 10-sinf,
Katta hayotga qadam, yorug’ taklif.

Meni uztozim – menga ikkinchi ona,
Pushkin, Mendeleevni o’qitgan ular.
Va allomalar Navoiy, Ibn Sino,
Ulug’ O’zbegimni tan olgan dunyo.

[Shahzoda]
Birinchi sevgi, qalbing qiynama,
Bulut yomg’irlardan keyin
Osmonlar ochilar yengil. (x2)

[Shahzoda]
Birinchi sevgi, ([Shahriyor] Mana kuz keldi, birinchi sinf)
Qalbing qiynama, ([Shahriyor] Birinchi qator va kitob – alifbe)
Bulut yomg’irlardan keyin, ([Shahriyor] Birinchi dars, tanaffusga dam)
Osmonlar ochilar yengil. ([Shahriyor] Bilim o’qtuvchilari birinchi bo’lgan) (x2)

Birinchi sevgi…

Shahzoda Birinchi sevgi qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shahzoda Birinchi sevgi qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!