Shahzoda Biz yagona qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shahzoda Biz yagona

Kezaman tanlaganim izlab,
Dunyo, sabr bergin,
Nigohim yo’lingda, unutmagin,
Sendir hayotim.

Sayr aylar taqdir sevgi istab,
Yurak, javob bergin!
Olismi manzilim, muhabbatim?
Asrayman sevgim, orzu-tilagim –
Sening qalbingda bo’lsak biz yagona.

Kel, dil sog’inib kel,
Quvonchingga men hamrohing bo’lay.
Xumoringman jamolingga,
Faqat istak yagona, sen bahona.

Kel, izlaganim, kel,
Dengizim bo’l, men sohiling bo’lay.
Yuragimda, hayotimda
Faqat istak parvona,
Biz – yagona, jonim.

Kezaman tanlaganim izlab,
Dunyo, sabr bergin,
Nigohim yo’lingda, unutmagin,
Sendir hayotim.

Kezaman tanlaganim izlab,
Dunyo, javob bergin,
Olismi manzilim, muhabbatim?
Asrayman sevgim, orzu-tilagim –
Sening qalbingda bo’lsak biz yagona.

Kel, dil sog’inib kel,
Quvonchingga men hamrohing bo’lay.
Xumoringman jamolingga,
Faqat istak yagona, sen bahona.

Kel, izlaganim, kel,
Dengizim bo’l, men sohiling bo’lay.
Yuragimda, hayotimda
Faqat istak parvona,
Biz – yagona, jonim.

Shahzoda Biz yagona qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shahzoda Biz yagona qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!