Shahzoda Ishon qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shahzoda Ishon

Yo’llar uzun, masofa uzun,
Olislardan halak,
Senla bugun, sevgingla bu kun
Yashasam kerak.
Mehringga zorman, yana ozorman,
Aslo sog’inchdanmas.
Yana ko’zimdan, mening qalbimdan
Ketmasang kerak.

Ehtimol gumon,
Ehtimol sevgim armon.
Lekin har safar yurak,
Senga talpinar ishon.
Ehtimol gumon,
Senda bor sevgim ishon.
Lekin bu mag’rur yurak
Talpinar sevgim tomon.
Ishon… (ishon, ishon)

Tunlar yulduz bo’ladi hamroh
Mening chin sevgimga.
Mayin shamol tinglab so’zlarim,
Sherik dardimga.

Yana yonaman,
Armon bo’laman,
Sevgim aytolmasdan.
Nega sezmaysan,
Nega ko’rmaysan
Sevgim ko’zimdan?

Ehtimol gumon,
Ehtimol sevgim armon.
Lekin har safar yurak,
Senga talpinar ishon.
Ehtimol gumon,
Senda bor sevgim ishon.
Lekin bu mag’rur yurak
Talpinar sevgim tomon.
Ishon…(ishon, ishon)
Ishon…(ishon, ishon)
Ishon…

Shahzoda Ishon qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shahzoda Ishon qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!