Shahzoda Kechalar qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shahzoda Kechalar

Yonadi, yonadi qalbim ichra yonadi dard,
Men o’zimdan bunchalik sevgini kutmagandim faqat.
Bilmadim yuragim menga bo’ysunmaydi hecham,
Sen meni qandayin olamga tashlading, jonginam?

Hayotimga sen kelgandan so’ng
Tunu kunimning mazmuni sensan,
Sendadir xayol, xayolimdagi xayol,
Sendadir, sendadir xayol.

Kechalari yoqimli, yoqimli,
Kechalari sehrli, sehrli,
Kechalari orzuli, orzuli
Senga bo’lgan sevgimning. (x2)

Nigohing menda ko’p bo’lgan ekan sezmasdim nega?
Nahotki, bu olov menga yongan bo’lsa dilingda?
Sen eding yonimda, lekin yo’lolmasdim har damda,
O’zimni izlardim sen mendan yashirgan so’zingda.

Hayotimga sen kelgandan so’ng
Tunu kunimning mazmuni sensan,
Sendadir xayol, xayolimdagi xayol,
Sendadir, sendadir xayol.

Kechalari yoqimli, yoqimli,
Kechalari sehrli, sehrli,
Kechalari orzuli, orzuli
Senga bo’lgan sevgimning. (x4)

Shahzoda Kechalar qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shahzoda Kechalar qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!