Shahzoda Muhammedova Sensiz qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shahzoda Muhammedova Sensiz

Bir umrga ezar faryoding
Istasam, istamasam,
Eslatar xiyonatkor yoding
Istasam, istamasam.

Qaniydi endi u kunlar qaytib kelsa,
Dildan sezaman o’zing ham afsusdasan.
Kecha yonimda eding, bugun esa olisdasan,
Olisdasan.

Sensizman, sensiz,
Jonim tunlarim, bedor bu tunlarim,
Yolg’izim sensizman, sensiz,
Beqaror hislarim, qiynaladi qalbim.

Hatto bir zum yo’qotgim kelmay
Istasam, istamasam,
Bir umrga yo’qotdim bilmay
Istasam, istamasam.

Baxt sari chorlangan benom manzillar,
Yolg’on niqobing sazovor etdi dardga.
Sevgingga to’ymayapman degan xazillar
Nafratga aylandi, nafratga.

Sensizman, sensiz,
Jonim tunlarim, bedor bu tunlarim,
Yolg’izim sensizman, sensiz,
Beqaror hislarim, qiynaladi qalbim.

Yig’latib dilni, esladim seni,
Bizni uchratgan yomg’irli tunni.
Afsuslansam ham meni hayotimda yo’qsan,
Endi yo’qsan.

Sensizman, sensiz,
Jonim tunlarim, bedor bu tunlarim,
Yolg’izim sensizman, sensiz,
Beqaror hislarim…

Shahzoda Muhammedova Sensiz qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shahzoda Muhammedova Sensiz qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!