Shahzoda To’kilib qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shahzoda To’kilib

To’kilib, to’kilib, to’kilib
Qo’llaringga shabnam misol,
Yuragimda tinmay jo’sh urib borar
Sevgim har on.
To’kilib, to’kilib, to’kilib
Yo’llaringga yomg’ir misol,
Sening borligingdan urib turar
Dilim har on.

Sen, sen yuragimda borini
Nega seza olmaysan?
Yashiringan dilda muhabbatim,
Lekin bila olmaysan.

Sekin-sekin o’tli qarashing
Yuragim urdirar sekin,
Yuraging o’zim bo’lay,
Men seni yo’lg’izing o’zim bo’lay.

To’kilib, to’kilib, to’kilib
Qo’llaringga shabnam misol,
Yuragimda tinmay jo’sh urib borar
Sevgim har on.
To’kilib, to’kilib, to’kilib
Yo’llaringga yomg’ir misol,
Sening borligingdan urib turar
Dilim har on.

Sen, sen tunlari quyoshim
Bo’lib meni uyg’otasan,
Erkalab yuzimga nuring sochib,
Ko’zlarimda yonasan.

Sekin-sekin mayin shamol bo’lib
Sochlarim silab sekin,
Yuraging o’zim bo’lay,
Men sening yolg’izing o’zim bo’lay.

To’kilib, to’kilib, to’kilib
Qo’llaringga shabnam misol,
Yuragimda tinmay jo’sh urib borar
Sevgim har on.
To’kilib, to’kilib, to’kilib
Yo’llaringga yomg’ir misol,
Sening borligingdan urib turar
Dilim har on. (x2)

Shahzoda To’kilib qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shahzoda To’kilib qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!