Shahzoda Yurak qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shahzoda Yurak

Yurak, yana yurak
Seni sog’inar, seni sog’inar.
Armon, yana armon,
U yurakni qiynar, yana qiynar.
Nega tuyg’ular, nega orzular
Sensiz yolg’iz, xazonda qolar?

Sog’inch, azoblar,
Yurak seni eslar, yana eslar,
Seni izlar.
Sog’inchimga ko’nmay,
Yolg’iz seni tinmay,
Seni so’rar.

Yana baxt, yana dard,
Kunlarimga qayg’u yonma-yon.
Sog’inar, ovunar,
Unutolmay seni hech qachon.
Tunu-kun u seni o’ylab,
Orzudan u seni so’rab,
Qalbimda seni deb urar.

Yurak, yurak,
Ojiz qalbimga o’zing kerak.
Armon, armon,
Sog’inchimga yo’qdir darmon.
To’kilgan xazonlardan,
Olis bu osmonlardan,
Ayt seni qaydan izlay?

Sog’inch, azoblar,
Yurak seni eslar, yana eslar,
Seni izlar.
Sog’inchimga ko’nmay,
Yolg’iz seni tinmay,
Seni so’rar.

Yurak, yana yurak
Seni sog’inar, seni sog’inar.
Armon, yana armon,
U yurakni qiynar, yana qiynar.
Nega tuyg’ular, nega orzular
Sensiz yolg’iz, xazonda qolar?

Shahzoda Yurak qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shahzoda Yurak qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!