Sherali Jo’rayev Ketma bahor qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sherali Jo’rayev Ketma bahor

Bahor kelsa boshlanar bog’da bulbul хonishi,
Sa’va, qumri nag’masi, suralay tovlanishi,
Qirlarda navro’z sayli, lolalarning yonishi,
To’xtamay tabiatdan haqqushlar zorlanishi.

Ketma bahor, ketma, ey, mening bog’imdan,
Ketma bahor, ketma, ey, mening bog’imdan.

Qilmishi qing’ir zotga davr qayda, davron qayda,
Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
Yolg’iz otga olamda nom qayda, nishon qayda,
Bahor, sensiz sahroyu tog’u toshga jon qayda?

Ketma bahor, mening bog’imdan,
Bahor, ketma mening bog’imdan.
Ketma bahor, mening bog’imdan-ey,
Mening bog’imdan.

Maysadagi shudringlar kimlarning ko’z yoshlari?
Giyoh bilan qoplanmish ko’hna qabr toshlari.
Bu yerda yotar otam yo qir-elatdoshlarim,
Har bahor eslar uni qavmu qarindoshlarim.

Ketma bahor, mening bog’imdan,
Bahor, ketma mening bog’imdan.
Ketma bahor, mening bog’imdan-ey,
Mening bog’imdan.

Ketma bahor, ketma, ey, mening bog’imdan,
Mening bog’imdan, mening bog’imdan.

Sherali Jo’rayev Ketma bahor qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sherali Jo’rayev Ketma bahor qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!