Sherali Jo’rayev Men seni sevardim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sherali Jo’rayev Men seni sevardim

Ortingdan qarab turganim,
Sen kulsang, birga kulganim, (x2)
Xayolan birga yurganim,
Bilmading, jonim, bilmading,
Bilsang-da, parvo qilmading.

Men seni, seni sevardim,
Men seni, seni sevardim,
Oshkora aytmayin yurardim,
Ammo hech ayta olmasdim.

Chashmasiz gulzor ochilmas,
Sevgisiz ash’or bitilmas, (x2)
Ishq borki, dunyo buzilmas,
Angladim, jonim, angladim.

Sevgidan olam farovon,
Sevgidan xonam charog’on, (x2)
Ishqimiz olamda doston
Bo’larmish, jonim, angladim.

Men seni, seni sevardim,
Men seni, seni sevardim,
Oshkora aytmayin yurardim,
Ammo hech ayta olmasdim.

Oshiqlar yonimga kelsin,
Poyidan gullar ochilsin,
Ishqimiz oshkora bo’lsin,
Aytayin, jonim, aytayin.

Men seni, seni sevardim,
Men seni, seni sevardim,
Oshkora aytmayin yurardim,
Ammo hech ayta olmasdim.

Sherali Jo’rayev Men seni sevardim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sherali Jo’rayev Men seni sevardim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!