Sherali Jo’rayev Sanamjon qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sherali Jo’rayev Sanamjon

Sochlaringni sariqqa bo’yab nima qilasan,
Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?
Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –
Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?
Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –
Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?

Hasrat to’la so’zga so’z ulab nima qilasan,
O’zingnida manida qiynab nima qilasan?
Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –
Qayda vafo bormi deb so’rab nima qilasan?
Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –
Qayda vafo bormi deb so’rab nima qilasan?

Daryo suvi oqarmu qor yog’masa tog’larg’a,
Gullar kulib boqarmu san kelmasang bog’larg’a?
Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –
Ishqdan boshqa davo yo’q ko’ksimdagi dog’larg’a.
Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan-ey –
Sendan boshqa davo yo’q ko’ksimdagi dog’larg’a.

Sochlaringni sariqqa bo’yab nima qilasan,
Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?
Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –
Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?
Qaro ko’zli sanamjon-ey, o’zing yaxshi bilasan –
Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?

Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan? (x2)

Sherali Jo’rayev Sanamjon qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sherali Jo’rayev Sanamjon qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!