Sherali Jo’rayev Sarbon qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sherali Jo’rayev Sarbon

Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Tandan dilu jonim olib,
Ul dilistonim boradur.

Qolurmu men olis bo’lib,
Bechora-yu ma’yus bo’lib,
Qalbim firoq tig’i tilib
To ustixonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.

Sarkash nigorimdan judo,
Ayshu qarorim bebaqo,
Manqalda otashdek qaro,
O’t birla qonim boradur.

Cheksamda zulmni dodini,
Ham va’dalar barbodini,
Ko’ksimda tutgum yodini
Toki zabonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.

To’xtat biroz, ey sarbon,
Karvonni qilma tez chunon, (x2)
Sarviravon ishqida jon
Tandan iymonim boradur.

Qayt, ko’zlarimga qo’y oyoq,
Ey, dil piri, ketma yiroq,
Ey nozanin, ko’kka bu choq
Ohu fig’onim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.

Qilma fig’on, ey Sa’diyo,
Hech arzimas ul bevafo, (x2)
Toqatni qo’ymas bu jafo
Aqlu iymonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.

Sherali Jo’rayev Sarbon qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sherali Jo’rayev Sarbon qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!