Shohruhxon Aprel-may qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shohruhxon Aprel-may

Na qilay, go’zalim vaslinga men yetolmasam?
Qora ko’zlaringda o’zimni men ko’rolmasam?
Shoshma jonim, tingla mening aytar so’nggi so’zim:
Sog’inib yashayman men seni yorim.

Yana sog’inayin seni,
Doim men kuylayin seni,
Meni unutmagin, jonim, unutmagin
Meni hech qachon. (x2)

Dil notinch, yagonam mendan ancha yiroqdadir,
Uzatsam qo’llarim yetmas, uzoq makondadir.
Sevgilim sening baxtiyorliging menga zarur,
Sog’inib yashayman men seni yorim.

Yana sog’inayin seni,
Doim men kuylayin seni,
Meni unutmagin, jonim, unutmagin
Meni hech qachon. (x2)
Meni hech qachon.

Yana sog’inayin seni,
Doim men kuylayin seni,
Meni unutmagin, jonim, unutmagin
Meni hech qachon. (x2)

Shohruhxon Aprel-may qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shohruhxon Aprel-may qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!