Shohruhxon Armonim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shohruhxon Armonim

Armonim yo’q edi ko’rmaganda seni,
Ko’zda yoshim yo’q edi aslo.
Seni o’ylamasdim, baxtliroq yurardim,
Hasratim ko’klarga bo’ldi bir sado.

Ko’p ishonar eding kumush yuzlaringga,
Go’yo tengi yo’qsan butun bu olamda.

Inobatga olmading so’zlarimni,
Yo’llaringga zor etding ko’zlarimni.
Nega endi yig’laysan, jonim nega,
Aybdorliging bilmaysan nega yana?

Bilmading, bilmading… (x2)

Nega kelding yana, sig’maydi aqlimga,
Farqlar topolmadim nigohlaringda.
Termulib yuzimga nimalar kutasan,
Sen emasmi meni beqarorlar etgan?

Inobatga olmading so’zlarimni,
Yo’llaringga zor etding ko’zlarimni.
Nega endi yig’laysan, jonim nega?
Aybdorliging bilmaysan nega yana? (x2)

Heyy, heyy
Bilmading, bilmading… (2x)
Heyy…

Shohruhxon Armonim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shohruhxon Armonim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!