Shohruhxon Onajon qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shohruhxon Onajon

O’tadi kun, o’tadi tun, o’tadi oy-yil,
Qalbim hamon mehrga moyil.
Do’stu-yorim, yaqinlarim yaxshi kunimda
Yonimdasiz hamisha qoyil.

Kim uchun suyunib, kim uchun yana kuyunib,
Kunlarim osuda chog’ida,
Xayollarga tolaman, dilga savol solaman,
Yana o’ylanib qolaman goh-gohida.

Kim mani jonimga kuyar,
Dardimni dardiday tuyar,
Kim mani jonidan suyar onamdek?
Kim mani borimga ko’nar,
Bergan ozorimga ko’nar,
Tunlari boshimda tunar onamdek?

Har ko’chada yurmadim, berdi Xudo omadim,
Ming bor shukr har bir kunimga.
Qoqilmadim, sinmadim, ortimga chekinmadim,
Hamma keldi birin-ketin yonimga.

Ko’pdir menga parvonalar, yaqinimu begonalar,
Barchasi qadrdonlarim.
Ishlarim joy-joyida, yorim tengsiz chiroyida,
Keldi manga davru-davronlarim.

Kim mani jonimga kuyar,
Dardimni dardiday tuyar,
Kim mani jonidan suyar onamdek?
Kim mani borimga ko’nar,
Bergan ozorimga ko’nar,
Tunlari boshimda tunar onamdek? (x2)

Shohruhxon Onajon qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shohruhxon Onajon qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!