Shohruhxon Sen ketma qo’shiq matni

Qo’shiq matni Shohruhxon Sen ketma

Sen ketma,
Haroratim o’zingdursan,
Jonim qiynalib qolar,
Tanim ham sovub qolar,
Sen ketsang.

Sen ketma,
Umidlarim tugab qolar,
Sendan o’zga gulim yo’q,
Begonalar kerakmas,
Sen ketsang.

Sen ketma,
Ma’nolar yo’qolib qolar,
Oqu-qora bo’lib bir,
Hayot yanada og’ir,
Sen ketsang, sen ketsang.

Sen ketma,
Degan so’zim yuragimda,
Sababini bilasan,
Faqat seni sevaman,
Sen ketma.

Sen ketma,
Bu nolam chin yuragimdan,
Alamlarimga malham,
Armonlarimga ber dam,
Sen ketma.

Sening ko’zlaring men intilgan osmon,
Ovozingni tinglasam ko’ngil bog’im omon.
Biroz dard bo’lsa ayt buni nimasi yomon,
Hamma dardga chidayman, men bilan qol janon.
Janon… men bilan qol…

Sen ketma…
Sen ketma…

Shohruhxon Sen ketma qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Shohruhxon Sen ketma qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!