Sobirjon Mo’minov Shukurlar qilaylik qo’shiq matni

Qo’shiq matni Sobirjon Mo’minov Shukurlar qilaylik

Erkin-ozod bo’lganimizga,
Yaxshi kunlar ko’rganimizga,
Sog’-salomat yurganimizga-ey,
Shukurlar qilaylik, shukurlar.

Nurli bo’ldi borar yo’limiz,
Baxtga to’ldi o’ngu-so’limiz,
Duolarga ochib qo’limiz-ey,
Shukurlar qilaylik, shukurlar.

Zamonimiz tinch, xurram bugun,
Yurtimizda to’y, bayram bugun,
Ketmas davlat, rizqimiz uchun-ey
Shukurlar qilaylik, shukurlar.

Go’zal shahar, qishloqlarimiz,
Misli Jannat gulbog’larimiz,
Kezib dala, chorbog’larimiz-ey
Shukurlar qilaylik, shukurlar.

Osmono’par binolarimiz,
Tinch-osuda samolarimiz,
Boshdan ketmas xumolarimiz-ey,
Shukurlar qilaylik, shukurlar.

Avlodlarimiz barkamoldir,
Har ishimizda Tangri yordir,
Bundayin diyor qayda bordir-ey,
Shukurlar qilaylik, shukurlar.

Kimlar baxtni orzu etmagan,
Kimlar yetib, kimlar yetmagan,
Bizni esa baxt yetaklagan,
Shukurlar qilaylik, shukurlar.

Shirmoy nonu qaymog’imizga,
Tiniq suvu bulog’imizga,
Oltinga teng tuprog’imizga
Shukurlar qilaylik, shukurlar.

Ko’z tegmasin karvonimizga,
Nurga to’lgan makonimizga,
Oqil, dono sarbonimizga-ey
Shukurlar qilaylik, shukurlar.

Oqil, dono sarbonimizga-ey
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
(Shukurlar qilaylik, shukurlar)

 Sobirjon Mo’minov Shukurlar qilaylik qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Sobirjon Mo’minov Shukurlar qilaylik qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!