Surxon guruhi Sumalak qo’shiq matni

Qo’shiq matni Surxon guruhi Sumalak

Bahor shamoli yelib,
Navro’zoy kelib qoldi. (x2)
Doshqozonda sumalak
Vaqirlab pishib qoldi. (x2)

Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur,
Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.
Laqala-laqala, laqala-laqala,
Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.

Dehqonning zo’r g’ayrati,
Uyg’onadi nahordan. (x2)
Hosilining cho’g’i ham
Darak berar bahordan. (x2)

O’ngga qarab o’ynagin,
Chapga qarab o’ynagin,
O’yiningdan zavq olsin,
Elga qarab o’ynagin.

Belni mahkam boylagil,
Yelkangga ketmon taylagil. (x2)
Tushlik uchun noningni
Tuguningga joylagil. (x2)

O’tinni sindir qarso-qurs,
Olov yonsin charso-churs,
Kelgin, chetda turmagin,
O’yinga tushgin tarso-turs.

Se malakdan siylagan,
Sumalaklar pishirgan,
Duosin ol buvingni,
Sabzaga sep suvingni.

O’ynagin-o, o’ynagin,
Jo’shib-a, jo’shib o’ynagin.
Yurtimiz bayramida
Zavqdan to’lib o’ynagin.

Yurtimiz bayramida
Zavqdan to’lib o’ynagin.

Bahor shamoli yelib,
Navro’zoy kelib qoldi. (x2)
Doshqozonda sumalak
Vaqirlab pishib qoldi. (x2)

Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur,
Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.
Laqala-laqala, laqala-laqala,
Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.

 Surxon guruhi Sumalak qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Surxon guruhi Sumalak qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!