Tamila Ana yana san qo’shiq matni

Qo’shiq matni Tamila Ana yana san

Ko’zlaring tunda uyqu bilmasa,
Yurak qurg’ur o’ynab-o’ynab tinmasa,
Nigohing bir nuqtadan jilmasa,
Parishonlik xayolingni qiynasa,
Rad etma, chindan sevib qolibsan,
Ko’zlaringdan, yuzlaringdan namoyon.
Oh, qalbingga bitmas dardni solibsan,
Alg’ov-dalg’ov so’zlaringdan ham ayon.

Ana, ana, yana san,
Yona, yona yonasan,
Nima desa tonasan,
Budir sevgi!
Ana, ana, yana san
Negadir quvonasan.
Nega-nega tonasan?
Budir sevgi!

Goh muzlab, goho oshar harorat,
Bemadorsan, bo’lsang hamki salomat.
Bir lahza topolmasang halovat,
Bilib qo’ygin, bu sevgidan alomat.
Rad etma muhabbating yashirib,
Yuragingga azob berib qiynama.
Bekordan qayg’u-darding oshirib,
Hech kim bilmay qolar deya o’ylama.

Ana, ana, yana san,
Yona, yona yonasan,
Nima desa tonasan,
Budir sevgi!
Ana, ana, yana san
Negadir quvonasan.
Nega-nega tonasan?
Budir sevgi! (x2)

Tamila Ana yana san qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Tamila Ana yana san qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!