Tamila Ko’rgim kelar qo’shiq matni

Qo’shiq matni Tamila Ko’rgim kelar

Necha-necha kun (jonim)
Suratingga termularman jim,
Tunlarim uzun,
Seni deb men aqldan ozdim.

Ayta olsaydim (jonim)
Seni qanday sog’inishimni,
Bilmayman ammo
Jonim, qanday ovunishimni.

Nima istaydi yuragim mendan?
Xabar bo’lmasa, ey zolim sendan.

Kel, seni ko’rgim kelar,
Yoningda bo’lgim kelar,
Ayni damda nimalar bilan
Bandsan, bilgim kelar.

Sog’inarman tunu kun,
Nega baribir sen uchun?
Aytgin, bu dunyoda
Nimalar senga mendan ustun?

Kimnikidir ayt,
Meniki bo’lmagan kulgular?
Kimnikidir ayt,
Menga sen bermagan tuyg’ular?

E’tiboring yo’q (jonim)
Seni qilgan rejalarimga,
Kelib ma’no ber
Bu azobli kechalarimga.

Gado yaratar bu sevging mendan,
Xabar bo’lmasa, ey zolim sendan.

Kel, seni ko’rgim kelar,
Yoningda bo’lgim kelar,
Ayni damda nimalar bilan
Bandsan, bilgim kelar.
Sog’inarman tunu kun,
Nega baribir sen uchun?
Aytgin, bu dunyoda
Nimalar senga mendan ustun? (x3)

 Tamila Ko’rgim kelar qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Tamila Ko’rgim kelar qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!