Ulug’bek Rahmatullaev Chaqaloqlar qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ulug’bek Rahmatullaev Chaqaloqlar

Arimaydi ko’zimdan yosh,
Meva berdi sabru bardosh, (x2)
Borar yo’limni yoritding
Bag’rimdagi mitti quyosh. (x2)

Ko’zlarimning qarosisan,
Yuragimning sadosisan, (x2)
Sen bilmaysan, bolaginam,
Sen dadangning dunyosisan. (x2)

Chaqaloqlar, qo’g’irchoqlar,
Qo’zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Kemirayotgan ohu vohlar.
Chaqaloqlar, qo’g’irchoqlar,
Qo’zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Ezayotgan ohu vohlar.

Necha yillar kutdim bolam,
Necha dardlar yutdim bolam, (x2)
Jajji qo’lingdan bir o’psam,
Kulfatlar tark etdi bolam.

Chaqaloqlar, qo’g’irchoqlar,
Qo’zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Kemirayotgan ohu vohlar.
Chaqaloqlar, qo’g’irchoqlar,
Qo’zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Ezayotgan ohu vohlar.

Sen ko’z ochib ko’rgan dunyo
Gulga ko’milganday go’yo,
Endi bitdi g’am-anduhlar –
Menga farzand berdi xudo! (x2)

Chaqaloqlar, qo’g’irchoqlar,
Qo’zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Kemirayotgan ohu vohlar. (x2)

Ulug’bek Rahmatullaev Chaqaloqlar qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ulug’bek Rahmatullaev Chaqaloqlar qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!