Ulug’bek Rahmatullaev Kapalak qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ulug’bek Rahmatullaev Kapalak

Izlaringdan o’pay kapalak,
Ko’zlaringdan o’pay kapalak, (x2)
G’unchalarning labidan tomgan
So’zlaringdan o’pay kapalak.

Bir jonimga ming bitta jafo,
Gohi shohman, gohida gado, (x2)
Seni guldan, meni yordan
Ayirmasin mehribon Xudo. (x2)

Ko’zlaringdan o’pay kapalak,
Izlaringdan o’pay kapalak,
G’unchalarning yo’lida tomgan
So’zlaringdan o’pay kapalak,
So’zlaringdan o’pay kapalak.

Gulzor ichra izingdan chopdim,
Kapalagim, sendan mehr topdim, (x2)
Senku guling topding, men netay,
O’z dilimdan o’tli dod topdim. (x2)

Gulday go’zal gulim kapalak,
Senga yetmas qo’lim kapalak,
Termulaman ortingdan mahzun,
Kel jonimga qo’ngin kapalak,
Kel jonimga qo’ngin kapalak. (x2)

Ulug’bek Rahmatullaev Kapalak qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ulug’bek Rahmatullaev Kapalak qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!