Ulug’bek Rahmatullaev Ko’rmadim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ulug’bek Rahmatullaev Ko’rmadim

Ko’rmadim hech bir chamanda
Sen kabi ra’noni man,
Zulfi tol-tol, so’zlari bol,
Ko’zlari shahloni man. (x2)

Ko’zlaring yalt etdiyu
Qalbimni nurga chulg’adi,
Oftobda ko’rgan edim
Bunchalar ziyoni man.

Oftobda ko’rgan edim
Bunchalar ziyoni man.

Shu qarog’lar otashida
Bor vujudim yonadur, (x2)
Ko’zlaringdan kutmagandim
Bunchalar jazoni man. (x2)

Ko’rmadim hech bir chamanda
Sen kabi ra’noni man,
Zulfi tol-tol, so’zlari bol,
Ko’zlari shahloni man. (x2)

Ishq seni devona qilgay deb
Achinmang, do’stlarim, (x2)
Mayli ko’rsam ushbu yo’lda
Turfa xil savdoni man. (x2)

Ko’rmadim hech bir chamanda
Sen kabi ra’noni man,
Zulfi tol-tol, so’zlari bol,
Ko’zlari shahloni man. (2x)

Ko’zlari shahloni man,
Yuzlari zeboni man…

Ulug’bek Rahmatullaev Ko’rmadim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ulug’bek Rahmatullaev Ko’rmadim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!