Ulug’bek Rahmatullaev Layloyimsan qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ulug’bek Rahmatullaev Layloyimsan

Yangrar dilim qo’shig’i,
Menman gulim oshig’i,
Edim muxabbat hastasi,
Nafasim dard guldastasi, oshiqman.

Sho’x eding, beg’am edim,
Dard eding alam edim,
Kuyingda men sado edim,
Ko’yingda men ado edim.

Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuyimda ro’yoyimsan.
Yuragim sof xavosi sen,
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshig’ing, majnuningman,
Ham umrbod maftuningman.

Majnunu Layli bexabar,
Kezadurman, oh darbadar,
Mastu, parishonu, xarob,
Har orzuim bo’lib sarob,
Shoyatki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muxabbat.

Bo’lib ishq ovorasi,
Sevgidan qalbim porasi,
Eding saodat shodasi,
Beg’ubor kongil bodasi, oshiqman.

Moh eding, osmon edim,
Gul eding, bo’ston edim,
Kuyingda men sado edim,
Ko’yingda men ado edim.

Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuyimda ro’yoyimsan.
Yuragim sof xavosi sen,
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshig’ing, majnuningman,
Ham umrbod maftuningman.

Majnunu Layli bexabar,
Kezadurman, oh darbadar,
Mastu, parishonu, xarob,
Har orzuim bo’lib sarob,
Shoyatki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muxabbat.

Ulug’bek Rahmatullaev Layloyimsan qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ulug’bek Rahmatullaev Layloyimsan qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!