Ulug’bek Rahmatullaev Nega ma’yussan qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ulug’bek Rahmatullaev Nega ma’yussan

Sevgilim, bu oqshom – visol kechasi,
Ikkimiz zor kutgan diydor kechasi,
Ko’ngillar uchrashgan xumor kechasi,
Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Yonimda bo’lsang ham, go’yo yolg’izsan,
Kemasin yo’qotib qo’ygan dengizsan,
Tunlar boshimda nursan, yulduzsan,
Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Jonim, nega ma’yussan?
Yorim, nega ma’yussan?
Jonim, nega ma’yussan?
Aytgin, nega ma’yussan?

Seni buncha nima qiynamoqda, ayt?
Yashashni o’rgatgin g’amga qasdma-qasd!
Qalbing o’rtamoqda bilmam qanday dard,
Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Jonim, nega ma’yussan?
Yorim, nega ma’yussan?
Jonim, nega ma’yussan?
Aytgin, nega ma’yussan?

Yoki mendan xato o’tdimi?
Biror gapim og’ir botdimi?
Yoki seni boshqalar ranjitdimi?
Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Bunga chidolmayman – ichim yomon tor,
Buncha qiynaguncha jonimni ol.
Mening aybim nima, bu nima ahvol?
Nega ma’yussan, nega ma’yus?
Jonim…

Ulug’bek Rahmatullaev Nega ma’yussan qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ulug’bek Rahmatullaev Nega ma’yussan qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!