Ulug’bek Rahmatullaev Omadim kelmadi qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ulug’bek Rahmatullaev Omadim kelmadi

Omadim kelmadi sevgi bobida,
Inson goh ojizdir hayot oldida,
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.

Hayot goh shirindir, gohida taxir,
Inson o’z taqdirini bilolmas axir,
Ulkan tog’larga hech qilmay e’tibor
Kichik bir toshdan lek qoqilganim bor.
Ey, ulkan tog’larga hech qilmay e’tibor
Kichik bir toshdan lek qoqilganim bor.

Omadim kelmadi sevgi bobida,
Inson goh ojizdir hayot oldida,
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.

Yongan yuragimni asta silayman,
Ushal bevafoning baxtin tilayman,
Hayot achchiq so’zini qancha aytmasin
Hech kimdan taqdirning o’zi qaytmasin.
Hayot achchiq so’zini qancha aytmasin
Hech kimdan taqdirning o’zi qaytmasin.

Omadim kelmadi sevgi bobida,
Inson goh ojizdir hayot oldida,
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.

Dunyo o’zi keldi garchi quvmadim,
Ko’zlarim yoshiga qo’lim yuvmadim,
Yo’limni poyladilar qancha sanamlar
Lek, lek bir go’zalni deb dilda alamlar.

Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim…

Ulug’bek Rahmatullaev Omadim kelmadi qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ulug’bek Rahmatullaev Omadim kelmadi qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!