Ummon Ko’zlaringda qo’shiq matni

Qo’shiq matni Ummon Ko’zlaringda

Ko’zlaringda to’la yolg’on,
Lekin bu ko’z ko’rmas yolg’on.
Menku seni jondan sevdim,
Ko’ra olmay sezib sevdim.

Lekin kech afsuslarga,
Sen atalding o’zgalarga.
Senku baxting topib ketding,
Mani baxtim esa sen eding.

So’nggi so’zim jonim, to’xta,
Yolvoraman yolg’iz etma.
Sendan ortiq kimim ham bor?
Senki borsan, ko’z nurim bor.

Qoldim zor yo’llaringda,
Jon ko’rinmas qorong’ulikda. (x2)
Ko’zlarimni nuri eding,
Yolg’izim, yagonam eding,
Oqibatda armonim bo’lding. (x2)

Kipriklarim yoshim egar,
Meni sevgan o’zgani sevar.
Axir undan kamim borde,
Bir kam dunyo borim borde.

Lekin kech afsuslarga,
Sen atalding o’zgalarga.
Senku baxting topib ketding,
Mani baxtim esa sen eding.

Sanga bo’lgan mehrim dunyolarga ko’rinar,
Sanga bo’lgan sevgim yolvorib o’tinar.
Nahotki men ojizni tashlab ketasan yolg’iz?
Sandan ortiq kimim bor, lek savolim javobsiz.

Sandan eshitgan so’nggi so’zim bo’ldi “ketaman”,
Qalbimni egallab oldi g’am,
Ortingdan zo’rg’a tashlab borardim qadam,
Har bir qadamda yolvorib so’rardim:
“To’xtagin, yorim”.

Lek yugurib, intilganim senga farqi yo’q,
Zulmatga intildim, go’yo yo’limda hech narsa yo’q.
Axir bilardingku sansiz yasholmasligim,
Ming azob ko’rib, bir dunyo ko’ra olmasligim.

Mana endi yo’qman, nega yosh to’kasan?
Mandan voz kechgansan, lek nechun achinasan?
Axir, hozirgina hech bir so’zimga qilmayotudingku parvo,
Nega yig’lab o’tiribsan, ayt menga, bevafo?

Ko’zlarimni nuri eding,
Yolg’izim, yagonam eding,
Oqibatda armonim bo’lding. (x2)

Ummon Ko’zlaringda qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Ummon Ko’zlaringda qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!