Via Sharq guruhi Palov qo’shiq matni

Qo’shiq matni Via Sharq guruhi Palov

Sehr to’la shoh taomda,
Dasturxonim hikmati,
Palov otlig’ mo’jizaning
Budir asl sharbati.

Sariq kokil erkatoyim –
Qozonga tush sabzixon,
Sening xushbo’y zirvagingga
Qaynasin butun jahon.

Bag’rimizga marhabo,
Marhabo-yu marhabo,
Na-na-na-na-na-na-na-hey.

Voh-voh palov-palov,
Dil sirdoshidir olov,
Oshpazning mehri bilan
Dunyoga kelar palov. (x2)

Dilginamning rohatisan
Ey, devzira quvvati,
Sen bilar yetilar shirin
O’zbegimning niyati.

Guruchxo’ja dur bo’ldiyu,
Palovxonni damladik,
Ko’k choy usti yoru do’stlar
Bir umrga jonlandik.

Bag’rimizga marhabo,
Marhabo-yu marhabo,
Na-na-na-na-na-na-na-hey.

Voh-voh palov-palov,
Dil sirdoshidir olov,
Oshpazning mehri bilan
Dunyoga kelar palov. (x6)

 Via Sharq guruhi Palov qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Via Sharq guruhi Palov qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!