Vohid Abdulhakim Baxtli qo’shiq matni

Qo’shiq matni Vohid Abdulhakim Baxtli

(Kim baxtli dunyoda?
Yor ishqida kuyib-yonganlar baxtli) (x2)

Kim baxtli dunyoda – sevganlar baxtli,
Yor ishqida kuyib-yonganlar baxtli. (x2)
Uchrashuv joyida intizor kutib,
Soatiga qarab turganlar baxtli.
Soatiga qarab turganlar baxtli.

Sog’insam-da yurak yutib,
Man yonizga bormay sevdim.
Sevganimni pinhon tutib,
Ishqim dildan qo’ymay sevdim.

Nahot shunday o’tsa umrim,
Qo’llarizdan tutmay sevdim. (x2)
Kelar edingiz man yo’qlasam,
Ammo sizni kutmay sevdim.

Kim baxtli dunyoda – sevganlar baxtli,
Yor ishqida kuyib-yonganlar baxtli.
Uchrashuv joyida intizor kutib,
Soatiga qarab turganlar baxtli.
Soatiga qarab turganlar baxtli.

Har zamonda bir bor ko’rib,
Man mehrizga to’ymay sevdim.
Shirin-shirin xayol surib,
Ishqim dildan qo’ymay sevdim.

Siz bilmaysiz, takror-takror
Yo’llarimdan qaytib sevdim.
Aytolmadim sizga bir bor,
Lek, Allohga aytib sevdim.

Kim baxtli dunyoda, sevganlar baxtli,
Yor ishqida kuyib-yonganlar baxtli.
Uchrashuv joyida intizor kutib,

Soatiga qarab turganlar baxtli. (x3)

Vohid Abdulhakim Baxtli qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Vohid Abdulhakim Baxtli qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!