Yalla guruhi Izlab-izlab qo’shiq matni

Qo’shiq matni Yalla guruhi Izlab-izlab

O’rmonlarga qo’nar oqshom, go’zaldir olam,
Menda yo’q orom, tatimas bir dam,
Yo’qsan jonim, yo’qsan dildor, so’zlari bahor,
Ko’zim intizor, na bir xat bor.

O’rtamizda xafalik bor,
Uzr aytib senga yuz bor,
Izlab-izlab yo’ling topsam,
So’zlab-so’zlab diling topsam.

Oylar o’tib, yillar o’tib, bog’lar ochilib,
Kelganday bo’lib sho’xliklar qaytib,
Sochlarimga yog’sa ham qor sevgim bir bahor,
Kuylasa takror qo’limdagi tor.

Eslab-eslab sog’inamiz,
Olis-olis ilk sevgimiz.
Izlab-izlab sog’inamiz,
Olis-olis yoshligimiz.

Eslab-eslab sog’inamiz,
Olis-olis yoshligimiz.

Yalla guruhi Izlab-izlab qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Yalla guruhi Izlab-izlab qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!