Yalla guruhi Toshkentim onam qo’shiq matni

Qo’shiq matni Yalla guruhi Toshkentim onam

Bu gulshan soz ekan, soz,
Ustiga soz etgani keldik.
Bu gulshan nomi O’zbekistondir,
Seni kuylab, sarafroz etgani keldik.

Buncha yaxshi bo’lmasang, (x2)
Toshkanim – onam, (x3)
Seni bir pas ko’rmasam,
Ko’zlarimda nam.

Kimsan o’zing, nimasan, (x2)
Sehrgarmisan? (x3)
Bunchalar qiynamasang,
Zulfizarmisan?

Yurolmadim yiroqda
Seni sog’inib,
Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

Sensiz xayolim, holim, (x2)
Parokandadir. (x3)
Qayda bo’lsam xayolim,
Ko’nglim sendadir.

Buncha yaxshi bo’lmasang, (x2)
Toshkanim – onam, (x3)
Seni bir on ko’rmasam,
Ko’zlarimda nam.

Yurolmadim yiroqda
Seni sog’inib,
Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

 Yalla guruhi Toshkentim onam qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Yalla guruhi Toshkentim onam qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!