Yodgor Mirzajonov Sen bilan qo’shiq matni

Qo’shiq matni Yodgor Mirzajonov Sen bilan

Muhabbatning ham sahrosi, bog’lari bordir,
Ishq yo’llarin ravon bilma, tog’lari bordir.
Bir kam dunyo kamlaridan ranjima, erkam,
Hatto oyning yuzida ham dog’lari bordir. (x2)

Hijronidan, armonidan, ummonidan o’tamiz,
So’ngra biz go’zal baxtning visoliga yetamiz. (x2)
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo’lamiz,
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo’lamiz.

Sevgi sharti senday qoshu kamonlardamas,
Yoki dardi maning kabi yomonlardamas.
Chin muhabbat zaminda yo osmonlardamas,
Dilda uning rohatiyu ohlari bordir.

Hijronidan, armonidan, ummonidan o’tamiz,
So’ngra biz go’zal baxtning visoliga yetamiz. (x2)
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo’lamiz,
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo’lamiz.

 Yodgor Mirzajonov Sen bilan qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Yodgor Mirzajonov Sen bilan qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!