Yulduz Turdieva Yorim ketoman deydi qo’shiq matni

Qo’shiq matni Yulduz Turdieva Yorim ketoman deydi

Ketsang ketaver yorim,
Ketsang nima parvoyim?
Bu jonim omon bo’lsa,
Qaytib kelar suygonim.

Yorim ketoman deydi,
Ketgizgani qo’ymayman. (x2)
Yo’llariga chim bosib-ey,
O’tqizgani qo’ymayman.

Samarqandning soyiga
Tushdi tillo uzugim,
Samarqandning soyiga, dod,
Tushdi tillo uzugim.

Qachon kelar ekanlar-ey,
Ul ko’zlari suzugim?
Qachon kelar maning, dod-ey,
Ul ko’zlari suzugim?

Ketsang ketaver yorim-a,
Ketsang nima parvoyim?
Ooy, dod-a, ketsang ketaver yorim-a,
Ketsang nima parvoyim?

Bu jonim omon bo’lsa-yey,
Qaytib kelar suygonim.
Bu jonim omon bo’lsa, dod,
Qaytib kelar suygonim.

Bog’ oralab yuribman,
Yorimni bir ko’ray deb.
Agar yorim uchrasa,
Visolidin to’yoy deb.

Hijroningda o’ldim yor,
Saning uchun kuydim yor.
Kel, dilimni og’ritmay,
Sani jondan suydim yor.

Kel, dilimni og’ritmay,
Sani jondan suydim yor. {x3}

 Yulduz Turdieva Yorim ketoman deydi qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Yulduz Turdieva Yorim ketoman deydi qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!