Yulduz Usmonova Qalb qo’shiq matni

Qo’shiq matni Yulduz Usmonova Qalb

Yog’ayotgan yomg’ir – ko’z yoshim,
To’lin oydir yolg’iz sirdoshim,
Bir yelka yo’q qo’ymoqqa boshim,
Hijronli tun bo’ldi yo’ldoshim.
Bir yelka yo’q qoymoqqa boshim.

Tangrim bergan baxtdan ko’ngil to’q,
O’zi balki dardsiz inson yo’q,
Qalblarga hijrondan tegar o’q,
Sevishni xohlayman – ishonch yo’q.
Tangrim bergan baxtdan ko’ngil to’q.

Soladi, soladi dilga azoblar,
Qoladi ortimda tunlar, ishoning. (x2)

Ko’ngillarda mehmon muhabbat,
Nega ko’ngil bezovta faqat?
Bahor qaytdi, balki qaytar baxt?
Yashayabman, topaman albat.
O, ko’ngil, sen qarima faqat.

Yog’ayotgan yomg’ir – ko’z yoshim,
To’lin oydir yolg’iz sirdoshim,
Bir yelka yo’q qo’ymoqqa boshim,
Hijronli tun bo’ldi yo’ldoshim.
Bir yelka yo’q qoymoqqa boshim.

Soladi, soladi dilga azoblar,
Qoladi ortimda tunlar, ishoning. (x2)

Soladi, soladi dilga azoblar,
Qoladi ortimda tunlar, ishoning. (x4)
Soladi dilga azoblar. (x3)

Yulduz Usmonova Qalb qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Yulduz Usmonova Qalb qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!