Zulayho Boyxonova Olcha guli qo’shiq matni

Qo’shiq matni Zulayho Boyxonova Olcha guli

Shamol silkib, olcha gulin
Ayamay to’kib ketdi,
Sevaverdim, sevging yurak
Choklarim so’kib ketdi.

Olcha gulin a’lo bilib,
Xazonni titib ketdi,
Hislarimni dorga ilib,
Yuragim sitib ketdi.

Sharqiragan soyning suvi
O’padi qirg’oq poyin,
Kuragimdek taxtni tashlab,
Poygakmi borgan joying?

Oymomoni oyimsiz deb,
Yulduzdan hol so’raymi?
Sen o’zgaga qarab ketsang,
Peshonamdan ko’raymi?

Majnuntolning suvga yetmay,
Sabri sindi zorlanib.
Sevar edim jondan ortiq,
Aytolmadim orlanib.

Ketgan bahor qayta-qayta
Kelaverar uyalmay,
Ko’ngil berib qo’yganimni-yey,
Armondaman suyolmay.

Armonlarni ohga bog’lab,
Halinchak qilib uchdim.
Dedim “rozi bo’lsin onam”,
Sevmagan yorni quchdim.

Dardlarimni ko’tarolmay
Halinchak ham uzilmasin,
Qizlar sevmay rozi bo’lmang –
Baxt uyi hech buzilmasin.

Armonlarni ohga bog’lab,
Halinchak qilib uchdim.
Dedim “rozi bo’lsin onam”,
Sevmagan yorni quchdim.

Shamol silkib, olcha gulin
Ayamay to’kib ketdi,
Sevaverdim, sevging yurak
Choklarim so’kib ketdi.

Olcha gulin a’lo bilib,
Xazonni titib ketdi,
Hislarimni dorga ilib,
Yuragim sitib ketdi.

 Zulayho Boyxonova Olcha guli qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Zulayho Boyxonova Olcha guli qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!