• Артист:

Lola — Seni deb

Tomchilab osmondan yog’adi yomg’ir,
Shirin muhabbatingsiz yashashim og’ir.
Sening hayolingla ko’zim ocharman,
Baxtli onlarimdan taskin toparman.
Sening nigohlaring sezilar har on,
Qiynashdan to’xtamaydi sog’inchli armon.
Sensiz bu kunlarim go’yoki zulmat,
Aytgin qachon tugaydi qalbimda hasrat.
N-t:
Seni deb, seni deb, yuragim urar har on.
Seni deb, tunu kun qayg’ular chekar hijron.
Seni deb, seni deb, seni deb yurak tanxo.
Seni deb, sog’inchdan hayolim tinmas aslo.

Yulduzli osmonga termulib har kun,
Seni esga olarman dardliman bu tun.
Tinmay orzularda senla kezarman,
O’tli nigohlaringni qalbdan sezarman.
Sening nigohlaring sezilar har on,
Qiynashdan to’xtamaydi sog’inchli armon.
Sensiz bu kunlarim go’yoki zulmat,
Aytgin qachon tugaydi qalbimda hasrat.
N-t:
Seni deb, seni deb, yuragim urar har on.
Seni deb, tunu kun qayg’ular chekar hijron.
Seni deb, seni deb, seni deb yurak tanxo,
Seni deb, sog’inchdan hayolim tinmas aslo.

Lola — Seni deb

Лола — сени деб

Поделись с друзьями текстом песни!