Sevara Nazarxon — Tun

Sevara Nazarxon — Tun Qo’shiq matni

Севара Назархан — Тун

Umr o’tmas bir tekis tig’dek,
Kimlarnidir hasrat yengadir
Men toparman irodani lek,
Ko’rgim kelar sizni negadir
Hayot ko’xna dono muallim,
Sadoqatli do’st bo’lar o’lim
Garchi sizdan ayridir yo’lim,
Ko’rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman — oydin yulduzli,
Kun kutaman — nurafshon izli.
Ey, dilimni ezdi yolg’izlik,
Ko’rgim kelar sizni negadir.
Goh sevgidan toshgan daryosiz,
Goh mehrga tashna sahrosiz.
Men bilaman, siz ham tanhosiz,
Ko’rgim kelar sizni negadir
Muhabbatda mazmun erur erk,
Bir armonga har kim egadir.
Sizsiz menga barcha yo’llar berk,
Ko’rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman — oydin yulduzli,
Kun kutaman — nurafshon izli.
Ey, dilimni ezdi yolg’izlik,
Ko’rgim kelar sizni negadir

Поделись с друзьями текстом песни!